NAVRO'Z MUBORAK !
Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanada "O‘zmetkombinat" AJ xodimlari ham faol ishtirok etdi.
Elektrda po‘lat eritish, Navli prokatlash, Zoldir prokatlash bo‘linma metallurglari, shuningdek, kombinat markaziy laboratoriyasi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yurtimizning ikki go‘zal hududi Qoraqalpog‘iston va Surxondaryo viloyatini ifodalovchi to‘kin dasturxonli o‘tovlarni o‘rnatdilar.
Surxondaryo viloyati - bahorning eng lazzatli taomlari, shirinliklar, norin, sumalak, ko‘k somsa va haqiqiy sharqona muhit mehmonlarni ushbu dasturxon atrofida kutmoqda!