KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ
2025-yil 18-mart kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida markaziy арраrаt, tizimosti kоrхоnalar rahbarlari va komplayens xizmati mas’ul xodimlari ishtirokida 2025-yil 5-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida bo‘lib o‘tgan korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishda belgilangan vazifa va maqsadlar ijrosi yuzasidan tadbir o‘tkazildi.
Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari U.Yusupov rahbarligida o‘tgan yig‘ilishda Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i Z.S.Hazratqulov ishtirok etdi.
Tadbirda korrupsiya holatlarining oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq vaziyatlarni bartaraf qilish, vazirlik, uning tizimosti korxonalari hamda huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligini davom ettirish zarurligi, komplayens nazorat tuzilmalar xodimlarining xushyorligini oshirish davr talabi ekani ta’kidlandi. Tadbir ishtirokchilari mas’ullardan o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.
Mazkur Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lishga qaratilgan tadbirda “O’zmetkombinat” AJ rahbariyati va Komplayens xizmati mas'ullari ham videokonferens aloqa orqali ishtirok etishdi.