+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

SOG‘LOM TURMUSH TARZI UCHUN

SOG‘LOM TURMUSH TARZI UCHUN
1 / 6

Navro‘z bayramiga bag‘ishlab kombinat mehnat faxriylari o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Respublika Konchilik va metallurgiya sanoati faxriylar Kengashi Bekobod  hududiy filiali tashabbusi bilan o‘tkazilgan musobaqa qiziqarli o‘tdi.
Erkaklar va ayollar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqada barcha ishtirokchilar g‘oliblik uchun kurash olib bordilar. Aytish kerakki, ushbu musobaqa kutilganidan ham murosasiz bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan faxriylar Respublika Konchilik va metallurgiya sanoati faxriylar Kengashining diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Ko‘tarinki kayfiyatda, qizg‘in va do‘stona ruhda o‘tgan bahslar ishtirokchilarda yaxshi taassurot qoldirdi.
Bu kabi sport tadbirlari faxriylarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bilan birga yoshlarimizning sportga bo‘lgan muhabbatlarini yanada oshirishi shubhasiz.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş