+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

FAXRIYLAR O‘RTASIDA SHAXMAT MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

FAXRIYLAR O‘RTASIDA SHAXMAT MUSOBAQASI O‘TKAZILDI
1 / 2

Respublika konchilik va metallurgiya sanoati faxriylar Kengashi Bekobod shahar filiali tomonidan Navro‘z bayramiga bag‘ishlab, kombinat faxriylari o‘rtasida shaxmat musobaqasi tashkil etildi.
Faxriylar o‘rtasida shaxmat sportini rivojlantirish hamda ularni sportga yanada kengroq jalb qilish maqsadida o‘tkazilgan musobaqada ishtirokchilar o‘zaro dona surib yaxshi natijalarga erishish uchun astoydil harakat qilishdi.
Ko‘tarinki kayfiyatda, qizg‘in va do‘stona ruhda o‘tgan aqllar jangi bahslari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Musobaqa yakunida Respublika konchilik va metallurgiya sanoati faxriylar Kengashi Bekobod shahar filiali tomonidan musobaqa g‘olib va sovrindorlariga faxriylar Kengashi tomonidan medal, diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş