Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

MEHR-MURUVVAT, SAXOVAT VA BAG‘RIKENGLIK

22.03.2025 22.03.2025 25

  

Yaxshilik, xayr-saxovat, mehr-oqibat, silai-rahm kabi ulug‘ fazilatlar doimo insonga ziynat bo‘lib kelgan. Bunday oliyjanob xislatlarni o‘zida mujassam eta olgan insongina el-yurtning og‘irini yengil qila oladigan fazilatli shaxs hisoblanadi. 

Xuddi shunday fazilatlar xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri hisoblanadi.
Ayniqsa, uning qadriyatlari va fazilatlari qadimiy Navro‘z ayyomi kunlarda o‘zgacha fayz bilan qalblarimizni munavvar etadi. Zero, Navro‘z o‘zligimizni anglash, oqibatli bo‘lish kabi fazilatlarni yana bir karra yodga soladi. Zotan, yordamga muhtoj insonlarning xolidan xabar olish  savobli amallardan hisoblanadi.

Qadimiy va hamisha navqiron Navro‘z bayrami munosabati bilan ana shunday oilalar holidan xabar olindi. Kombinat Kasaba uyushmasi qo‘mitasi bayram munosabati bilan kombinatimizda mehnat qilgan oilalar xolidan xabar olib, ularga sovg'alar ulashdi hamda yangilanish va yosharish ayyomi bilan qutlashdi. 

Albatta hamjihatlik, o‘zaro mehr-muruvvat, bir-birini qo‘llab-quvvatlash yordam qo‘lini cho‘zish eng oliy fazilatdir. O‘z navbatida xolidan xabar olingan insonlar xam xursand bo‘lib, bunday e’tibordan mamnun bo‘lishdi.

 

0

(0 ovoz)