EKSPORT SALOHIYATI OSHMOQDA
Eksport "O‘zmetkombinat" AJ faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Bu esa mahsulotlarning xalqaro bozordagi yuqori raqobatbardoshligini tasdiqlaydi. Barqaror sifat, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va ishonchli hamkorlik korxonaga chet elga mahsulot yetkazib berish hajmini izchil oshirish imkonini bermoqda.
2025-yilning dastlabki oylaridagi natijalar eksport rejalarining muvaffaqiyatli bajarilayotganini ko‘rsatdi. Yanvar-fevral oylarida eksport ko‘rsatkichlari 126,1% ga yetgan bo‘lsa, fevral oyida kombinat rejasini 200,6% ga bajarishga muvaffaq bo‘ldi. Prokat mahsulotlaridan tashqari, eksportga mis va mis qotishmalaridan tayyorlangan buyumlar, issiqlikni o‘tkazmaydigan materiallari hamda sirlangan po‘lat idishlar faol ravishda yetkazib berildi.
Asosiy bozorlar Turkiya, Tojikiston, Qozogʻiston va Yevropa mamlakatlari boʻlib qolmoqda. Shu bilan birga, yetkazib berish geografiyasi tobora kengayib bormoqda, bu esa xorijiy isteʼmolchilarning "Oʻzmetkombinat" mahsulotlari sifatiga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlashidan darak beradi.
Ushbu yuqori natijalar korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va eksport salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan muvofiqlashtirilgan faoliyatining natijasidir.