“O‘ZMETKOMBINAT” AJDA "SAYYORAMIZ SOATI" AKSIYASI O‘TKAZILADI
26-mart kuni mamlakatimizda "Sayyoramiz soati" respublika aksiyasi bo’lib o’tadi. "Sayyoramiz soati" kuni maxsus aksiya hisoblanib, bundan maqsad – tabiiy resurslarni asrash va bu orqali sayyoramizga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdir.
Mazkur aksiya “O‘zmetkombinat AJda ham o‘tkazilish belgilangan bo‘lib, aksiya doirasida bugun tushlik vaqtida kombinat tarkibiy bo‘linmalarida, xizmat, muassasa bino va inshootlarda (ishlab chiqarish texnologiyasi binolari va inshootlari bundan mustasno) bir soatga chiroq, kompyuter texnikasi, sovitish va isitish uskunalari hamda boshqa elektr energiyasi orqali foydalanish vositalari tarmoqdan uziladi.
Ma’lumot uchun: ushbu tadbir 2007-yilda Jahon Yovvoyi tabiat fondi (WWF) tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, tashkilotchilar ekologik muammolardan tashvishlanish ramzi sifatida sayyora aholisini 60 daqiqaga chiroq va maishiy elektr uskunalarini o‘chirib qo‘yishga chaqiradi. "Sayyoramiz soati" har yili xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan yirik ekologik aksiya hisoblanadi. Bunda butun dunyo bo‘ylab mashhur bino va obidalarni yoritib turuvchi chiroqlar ham o‘chiriladi.