YANGI KASABA MARKET ISHGA TUSHDI
"O'zmetkombinat" AJning Xalq iste'moli mollari ishlab chiqarish bo'linmasi avto turargohida yangi kasaba market ishga tushirildi. Bu erda 200 dan ortiq oziq- ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari o'rin olgan. Mahsulotlarni naqd pulga yoki kombinat hududiga kirish guvohnomasi (propusk) orqali oylik hisobidan xarid qilish mumkin.
Ish vaqti soat 07:00 dan 19:00 gacha, dam olish kunlarisiz.