+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

KASBIM - MENING FAXRIM

KASBIM - MENING FAXRIM

 
Ravshan Xamraqulov  metallurglar oilasida tug‘ilganligi sababli kelajakda. O‘zbekiston metallurgiya kombinatiga kirishni maqsad qildi va 1993-yil Kislorod kompressor bo‘linmasiga ishga qabul qilindi. Dastlab, kompressor qurilmalari mashinisti kasb sirlarini ustozlari Zoir Abdurahmonovdan, keyinchalik Botir Hamdamovdan o‘rgandi. 
Bugungi kunda ushbu sohada ishlayotganligiga 32-yil bo‘lgan R. Xamraqulov kishining jamoat orasida o‘zini qanday tutishi, odamlar bilan qay yo‘sinda muomala qilishi, kamtarlik, xushmuomalalik kabi fazilatlarni o‘rgandi. 
Hamkasblari orasida hurmat qozongan qahramonimiz ustoz sifatida shogirdlari bilan faxrlanadi. Ular orasida Azim Oqmirzayev, Gavhar Orziqulov, Doston Turdiboyevlarni sanab o‘tish mumkin.   

Aytish lozimki, mehnat insonning hayotida muhim o‘rin tutibgina qolmay, turmushni mehnatsiz,  yaratuvchiliksiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bugun mehnat  qilib jamiyatga foyda keltirayotgan Ravshan Xamraqulov ham o‘z kasbi bilan faxrlanadi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş