+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

MILLIY LIBOSLAR KUNI – MILLIY QADRIYATLAR IFODASI

MILLIY LIBOSLAR KUNI – MILLIY QADRIYATLAR IFODASI
1 / 3

  
Milliy libos – bu tarix va madaniyatimizning ajralmas qismidir. U orqali biz o‘z an’analarimizga bo‘lgan hurmatni namoyon qilamiz va asrab-avaylaymiz.
Ushbu tashabbus milliy qadriyatlarimizni yanada targ‘ib qilish,  asrab-avaylash hamda milliy liboslarimizning kundalik hayotimizda tutgan o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan.
“Milliy liboslar kuni” nafaqat tashqi ko‘rinish, balki milliy o‘zlikni anglash, o‘zbekona qadriyatlarni hurmat qilish va yosh avlodga ulug‘ ajdodlarimiz merosini yetkazish kabi muhim maqsadlarga ham xizmat qiladi. 

Kelajagimiz bo‘lgan yoshlarimizga buni to‘g‘ri anglatish maqsadida ustoz-muallimlar ham milliyligimizni targ‘ib qilishmoqda. 
Maktab o‘quvchilari kombinat tarixi muzeyiga tashrifi davomida, O‘zbekiston metallurgiya kombinatining tarixi va bugungi kuni, rivojlanish tarixi aks etgan qimmatli manbalar bilan tanishib, o‘zlari uchun katta taassurotlarni olishdi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş