+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

7-APREL – BUTUNJAHON SALOMATLIK KUNI

7-APREL – BUTUNJAHON SALOMATLIK KUNI
1 / 3

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi tizimida 2025-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi”
tasdiqlangan bo‘lib, dasturda 7-aprel – Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan Toshkent viloyatidagi ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba va o‘quvchi yoshlar hamda korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan yosh ishchi-xodimlar ishtirokida yurish marafoni o‘tkazish vazifasi belgilangan. 
Shu munosabat bilan, joriy yil 4-aprel kuni Nurafshon shahrida joylashgan “Nurafshon arena” o‘yingohida yurish marafoni bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi Sayyora Fayziyeva barcha ishtirokchilarga sog‘lom turmush tarzi haqida so‘zlab, o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi. 
Ushbu marafonda “O‘zmetkombinat” AJning tarkibiy bo‘linmalarida mehnat qilayotgan yosh ishchi-xodimlar ham faol ishtirok etishdi.
Shunga alohida to‘xtalib o‘tish kerakki,  Xalqaro salomatlik kuni jamoatchilikka doimiy ravishda sog‘lom hayot tarzini yuritish va faol hayot kechirish muhimligini eslatib turish maqsadida tuzilgan.
Bayramni nishonlash orqali insoniyatga muntazam ravishda profilaktika ishlarini  o‘tkazish maqsadlari va salomatlikni asrash vazifalari yetkaziladi. Butun dunyoga ma’lumki, kasallikni davolashdan ko‘ra uning oldini olish ancha osondir.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş