Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

YOSH KADRLAR ERTANGI KUNIMIZNING HAL QILUVCHI KUCHLARI

10.04.2025 10.04.2025 68

 

O‘tgan kunini sarhisob qilmoq, ertangi kuniga umid bog‘lamoq demakdir. Kombinatimizning yosh kadrlaridan biri Muzaffar Toshpo‘latov ham  har bir vaqtdan unumli foydalangan holda tajribasini oshirib kelmoqda. Bu borada unga ustozi Komiljon Mirzayev yaqindan yordam berib, tokarlik sir asrorlarini o‘rgatib kelmoqda. 

Ertangi kunga ishonch bilan mehnat qilgan insongina hamisha o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga birin-ketin erishib boradi. Qahramonimiz ham sanoat korxonalarida qora metallarga ishlov berish mexanigi mutaxassisligini bitirganidan so‘ng kelajakda tajribali mutaxassis bo‘lishni maqsad qilib ishlab kelmoqda. Uning asosiy ish vazifasi boshqa hamkasblari singari chizmalar asosida ehtiyot qisimlar yasab, buyurtmachilarning talabini qondirib kelmoqda.

 

0

(0 ovoz)