+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

BUYURTMALAR O‘Z VAQTIDA BAJARILMOQDA

BUYURTMALAR O‘Z VAQTIDA BAJARILMOQDA
1 / 3

Bilim-insonning ijodiy maqsadlariga xizmat etmog‘i lozim. Qolaversa, bilim orttirishning o‘zi kifoya emas, ularni iloji boricha keng yoymoq va hayotga tatbiq  etmoq zarur. Kombinatimizning Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish bo‘linmasining  Asbobsozlik ta’mirlash uchastkasida mehnat qilayotgan jamoa ham uzoq yillik tajribalariga tayangan holda oldlariga qo‘yilgan vazifalarni bajarib kelishmoqda. 

Bu yerda asosan bo‘linmaning sirlangan idishlari uchun qoliplar tayyorlanadi. Demak, mahsulotlarning qanchalik sifatli chiqishi ushbu uchastkadagi ishchilarning malakasiga bog‘liq.  Shuningdek, Asbobsozlik ta’mirlash uchastkasida Elektrda po‘lat eritish, Navli prokatlash, Zoldir prokatlash, Temir-tersaklarni  qayta ishlash bo‘linmalari uchun buyurtma asosida ehtiyot qismlar ham tayyorlab beriladi. o‘z ishining ustalaridan tokar To‘lqin Baratov, Muhammadjon Yormatov, Sohib Jumayev, Anvar Mirsoliyev, Bekzod Umarov, frezerlovchi To‘lqin Jabborovlarni misol qilib olishimiz mumkin.
 

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş