TIBBIY MUHANDISLIK BRIGADASINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
Joriy yilning 11-aprel kuni Sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi yig‘inlar zalida tibbiy muhandislik brigadasi tomonidan jadval bo‘yicha Idoraviy harbiylashtirilgan qorovullikda nazorat tekshiruv ishlari yakuni bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Ushbu nazorat tekshiruvining maqsadi bo‘yicha Idoraviy harbiylashtirilgan qorovullik rahbar va xodimlari bilan ochiq suhbat o‘tkazildi. Unda sanoat xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligi, kasbiy salomatlik faoliyati bo‘yicha fikrlar bildirildi va bir qancha savollar ko‘rib chiqildi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat davomida Sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi departamenti, Sanoat xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Gulmira Toshmatova, "Metallurg" nomli shahar shifoxonasidan O‘g‘iloy Baratova, shifokor Nigora Babayeva, Ovqatlanish kombinati boshlig‘i Marhabo Xoliqova, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi vakili Yusuf Gaibnazarov, Idoraviy harbiylashtirilgan qorovullik vakillari o‘zlarining sohalaridan kelib chiqqan xolda ma’lumotlarini berib o‘tishdi.
Ta’kidlash kerakki, tibbiy muhandislik brigadasining asosiy maqsadlari kombinat tarkibiy bo‘linmalarida mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish, tibbiy yordam sifatini oshirish, umumiy va kasbiy kasalliklarning hamda ishlab chiqarish jarohatlarini oldini olishdan iborat.
Tibbiy tekshiruv natijalari yakuni bo‘yicha yig‘ilishda Idoraviy harbiylashtirilgan qorovullik ishchilarining sog‘ligi hamda sanoat xavfsizligi, mehnat muhofazasi, sanitariya holati bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida hisobotlar tinglandi va kelgusida komissiya tomonidan mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida ko‘rsatilgan taklif hamda talablari bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi belgilandi.