MALAKA OSHIRISH KURSLARI BO‘LIB O‘TDI
O‘quv mashg‘ulotlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Maxsus tayyorgarlik o‘quv markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Kurslarda korxonaga kelib tushayotgan qora metall parchalari va ularning chiqindilarini pirotexnik nazorat qilish uchun mas’ul bo‘lgan xodimlar ishtirok etdilar.
Dasturga nazariy va amaliy mashg‘ulotlar kiritilgan bo‘lib, ularni sohaviy idora mutaxassislari olib bordilar.