+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

METALLURGLAR MADANIY HORDIQ OLISHDI

METALLURGLAR MADANIY HORDIQ OLISHDI
1 / 3

  
Teatr jamiyat hayotida, tomoshabinlarning ma’naviy va estetik tarbiyasida muhim o‘rin tutadi. Unda dramaturgiya, musiqa, tasviriy san’at orqali tomoshabinga ma’naviy ozuqa beriladi. 
16-aprel kuni bir guruh metallurglarimiz O‘zbek Milliy Akademik drama teatrida bo‘lib, muallif, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Erkin Xushvaqtov, sahnalashtiruvchi rejissyor, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Baxtiyor To‘rayevning “Chiroylisan muhabbat” deb nomlangan spektaklini tomosha qilishdi. 
Spektalda muhabbat, ishonch va sadoqat kabi samimiy tuyg‘ular go‘zal tarzda aks etgan. Musiqiy komediya janrida sahnalashtirilgan spektaklda mashhur san’atkorlar har bir qahramon obrazini yuqori darajada ijro etishgan. 
Ushbu teatr tomoshasi metallurglarda katta taassurot qoldirib, bir olam quvonch ulashdi. 

Albatta, insonning ma’naviy olamini yuksaltirishda, ong va tafakkurini teranlashtirishda teatr san’atining o‘rni beqiyos. Shu bilan birga san’at odamlarni ezgulikka chorlaydi, yaxshilikka undaydi, eng go‘zal his-tuyg‘ularni in’om etadi. Kombinat Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tashkillashtirilgan ushbu madaniy hordiq barchaga birdek manzur keldi va tashkilotchilarga o‘zlarining minnatdorchiliklarini bildirishdi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş