MUROJAATLAR KO‘RIB CHIQILDI
“O‘zmetkombinat” AJning Kadrlar bo‘yicha ish yuritish va tanlash boshqarmasi tomonidan jismoniy shaxs vakillari bilan qabul tashkil etildi. Unda Xodimlar va tashkiliy rivojlanish direksiyasi direktori nomiga ishga kirish va boshqa ishga o‘tish masalalarida murojaat qilgan jismoniy shaxs vakillari murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Qabul davomida Kadrlar bo‘yicha ish yuritish va tanlash boshqarmasi boshlig‘i Kseniya Gufurova murojaatlar bilan kelgan shaxslar bilan suhbatlashib ularga tegishli maslahatlar berildi.
Qabul so‘nggida kombinatga ishga kirish hamda boshqa tarkibiy bo‘linmaga ishga o‘tish masalasida murojaat qilgan jismoniy shaxslarning murojaatlari o‘rganib chiqildi va “O‘zmetkombinat” AJ tarkibiy bo‘linmalari va filiallaridagi bo‘sh ish o‘rinlariga nomzodlarni tanlov asosida saralab olish va bu borada tegishli qarorlar qabul qilinishi belgilab olindi.