+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

VAZIFALAR MUVAFFAQIYATLI BAJARILMOQDA

VAZIFALAR MUVAFFAQIYATLI BAJARILMOQDA
1 / 4

“O‘zmetkombinat” AJda mahsulotlarning sifatli va talab darajasida ishlab chiqarilishida Navli prokatlash bo‘linmasining Vallarni ta’mirlash uchastkasining ham munosib hissasi bor. Sababi bu yerda ta’mirga muhtoj bo‘lgan vallar qayta ishlanib, ta’mirlanib, bo‘linmaning stanlariga qayta o‘rnatish uchun yuboriladi. Bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarilayotgan turli xil profildagi mahsulotlarning sifatini ta’minlab beradi. Uchastkada 50 ga yaqin ishchi-xodimlar 4 ta brigadada mehnat qilib, belgilangan grafik asosida ishlarni olib borishmoqda. 
Tajribali mutaxassislar esa malakalariga tayangan xolda oldlariga qo‘yilgan topshiriqlarni munosib uddalashmoqda. Shunga alohida to‘xtalib o‘tish lozimki, zamonaviy uskunalar ta’mirlash ishlarini yengillashtirib, ish unumdorligini oshiradi. Ushbu uchastkada ham dastur asosida ishlaydigan, zamonaviy uskunalar bo‘lib, ular yordamida murakkab bo‘lgan vallarga qayta ishlov berilmoqda. 

Katta usta Abdumalik Bahovuddinov boshchiligidagi jamoa o‘zlariga bildirilgan ishonchni to‘la oqlab kelishmoqda. Malakali ishchi-xodimlardan usta Shavkat Olloberdiyev, keng tarmoqli dastgohchi O‘tkir Abdurazzoqov, valsetokarlar Ulug‘bek Abduqayumov, Abduvali Xudoyorov, Erkin Ibragimovarni misol qilish mumkin.

5.001 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş