+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

QONUNNING YANGI TAHRIRI LOYIHASI ISHLAB CHIQILDI

QONUNNING YANGI TAHRIRI LOYIHASI ISHLAB CHIQILDI
1 / 3

21-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasida qo‘mita tashabbusi bilan rejalashtirilgan "Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida"gi Qonun yangi tahririning idoralararo muhokamasi bo‘lib o‘tdi. 
Yig‘ilishda “O‘zmetkombinat” AJning Sanoat xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Gulmira Toshmatova, Sanoat xavfsizligi yuk ko‘tarish mexanizmlarini nazorat qilish bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Dilshod Shodimatovlar ishtirok etishdi. 

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–224-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida ma’lumotlar berilib, muhokamalar olib borildi. Farmoning 5-ilovasi bilan tasdiqlangan Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohalarida davlat nazoratini takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 11-pozitsiyasida “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunni takomillashtirish belgilangan. Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘mita hamda manfaatdor vazirliklar va Respublika ishlab chiqarish korxonalarining Sanoat xavfsizligi, mehnat muhofazasi sohasida faoliyat yurituvchi rahbar hamda mutaxassislardan iborat ishchi guruhi shakllantirildi va mazkur ishchi guruh bergan takliflari asosida Qonunning yangi tahriri loyihasi ishlab chiqildi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş