“ONA TILIM - MILLAT RUHI”
“O‘zmetkombinat” AJ Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan kombinat ishchi-xodimlari o‘rtasida “Ona tili - millat ruhi” mavzusida diktant ko‘rik-tanlovi bo'lib o'tdi.
Diktant ko‘rik-tanlovi boshlanishidan oldin Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan barcha qatnashchilarga shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tomonidan yozilgan "Iymon" nomli kitob sovg‘a qilindi.
“Ona tilim - millat ruhi” mavzusidagi diktant ko‘rik-tanlovidan fotolavhalar.
Ko‘rik-tanlovida hakamlik qilib, yaqindan hamkorlik qilgan 7-umumta’lim maktabining oliy toifali o‘qituvchilar Shoxida Abdurahimova va Nargiza Xudoyberdiyevaga kombinat Kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘z minnatdorchiligini bildirib, ularga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Tanlov natijalari 25-aprel kuni e’lon qilinadi.