+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

MAQSAD - XAVFLARNI BARTARAF ETISH

MAQSAD - XAVFLARNI BARTARAF ETISH
1 / 5

“O‘zmetkombinat” AJning xavflarni boshqarish Siyosatiga muvofiq “Uch bosqichli himoya” (3 LoD) modeli doirasida xavflarni boshqarish korporativ tizimining ishlashini ta’minlash maqsadida Xodimlar malakasini baholash, o‘qitish va rivojlantirish boshqarmasida kombinat xodimlari uchun “xavflarni boshqarish” bo‘yicha qisqa muddatli o‘qish tashkil etildi. 
Xavfni boshqarish tushunchasi yangi tushuncha emas, u sohaning taraqqiy etishiga, undagi faoliyatni soddalashtirishga ko‘maklashadi. Tizimni joriy etishdan maqsad ham xavfning oldini olish va ularni imkon qadar kamaytirishdan iborat. Mehnatni muhofaza qilish tashkilotlarida ishlaydigan ko‘plab mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ishlab chiqarish xavfi nafaqat uni baholash, balki ish joyida sodir bo‘lgan haqiqiy hodisalar uchun ham muhimdir. 

O‘quv darsi davomida mutaxassis tomonidan shu kabi mavzularda tushuntirishlar berib o‘tildi.

Bunday mashg‘ulotlar korxonada xavfsizlik madaniyatini shakllantirish va har bir xodimning ish joyida umumiy rivojlanishi uchun mas’uliyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş