VAKILLARIMIZ G‘OLIBLAR SAFIDA
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan "Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish" respublika ko‘rik-tanlovining Toshkent viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tanlovda viloyatdagi korxona va tashkilotlarda kasaba uyushmasi va mehnat muhofazasi yo‘nalishi bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilar bir qator nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanishdi.
Kombinatimiz vakillari ham quyidagi natijalarni qo'lga kiritishdi:
Irgashev Abduvaxid — Navli prokat bo‘linmasi boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi "Eng yaxshi kasaba uyushmasi qo‘mitasi".
Xolmatov Mirkomil — Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi boshqarmasi muhandisi "Eng yaxshi mehnat muhofazasi bo‘yicha yosh mutaxassis".
Rustamova Dilbar — Klining xizmati mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi muhandisi "Eng yaxshi mehnat muhofazasi bo‘yicha vakil".