+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

28-APREL – BUTUNJAHON MEHNATNI MUHOFAZA QILISH KUNI

Xalqaro Mehnat  Tashkilotining  tashabbusi bilan 2003-yildan boshlab 28-aprel “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” deb e’lon qilinib, ushbu kunda dunyoning 120 dan ortiq davlatlarida dunyo hamjamiyatining ish joylarida sodir bo‘layotgan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarga chalinishning oldini olish hamda mehnat muhofazasi masalalariga e’tiborni yanada kuchaytirishga qaratilgan qonunlar qabul qilinib, turli mavzularda tadbirlar o‘tkazib kelinadi.
O‘zbekistonda  ham  xodimlar (har bir shaxs) xavfsiz va qulay, adolatli mehnat sharoitlarida ishlashlarining huquqiy asosi sifatida Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 42-moddasida mustahkamlanib qo‘yilgan. Ushbu konstitutsiyaviy kafolatni amalda ro‘yobga chiqarilishiga qaratilgan aniq chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida,  «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunda, boshqa bir qator qonunlar va qonun osti me’yoriy hujjatlarida belgilangan. Sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitida mehnat qilish huquqi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining eng asosiy mehnat huquqlaridan bo‘lib hisoblanadi. Mehnat muhofazasiga oid talablar va standartlar Mehnat kodeksi, «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonun talablari asosida ishlab chiqariladigan korxona va tashkilotlarning ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa shartnomalari, tarmoq yoki mintaqaviy jamoa kelishuvlari, korxonalarning boshqa ichki me’yoriy-huquqiy hujjatlarida, muayyan soha, kasb, ish joylariga oid bo‘lgan mehnat muhofazasi standartlarida belgilab qo‘yiladi.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş