5 YIL MEHNAT STAJIGA EGA BO‘LGAN XOTIN-QIZLARGA TAVSIYANOMA BERILADI
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyunda “Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini tasdiqlash haqida” 322-son (https://lex.uz/uz/docs/-6056269) qarori qabul qilingan.
Shunga ko‘ra, joriy yilning 1-mayidan – 1-iyunga qadar mutaxassisligi bo‘yicha besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga alohida qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanoma olish maqsadida murojaat etadigan talabgor xotin-qizlarning arizalari https://xotin-qizlar.uz/ platformasi orqali qabul qilish boshlandi.
Savollaringiz bo'yicha Bekobod shahar hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.