SAYOHAT MAROQLI VA MAZMUNLI O‘TDI
O‘tgan dam olish kunida "O‘zmetkombinat" AJ kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan metallurglarning Samarqand shahriga sayohatlari tashkil etildi. Kombinat xodimlari qadimiy shahar bo‘ylab g‘oyat qiziqarli sayohat qildilar. Ular uchun qadimiy shaharning tarixiy obidalari bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi.
Kombinat ishchi-xodimlari olamga mashhur shaharning mustaqillik yillarida bunyod etilgan go‘zal inshootlariga tashrif buyurdilar. Metallurglar xalqimizning boy merosi bilan bog‘liq tarixiy joylarni ziyorat qilish orqali ko‘plabyorqin taassurotlar oldilar.
Maroqli va mazmunli o‘tgan ushbu sayohat korxona xodimlariga ona yurtimiz tarixi, qadriyatlari, obidalari bilan yana bir karra tanishib olishlariga zamin yaratdi.