BARQARORLIK, SIFAT, NATIJALAR
Rangli metallar ishlab chiqarish bo‘linmasi – bu mis va uning qotishmalaridan tayyorlanuvchi lenta hamda tasmalarning to‘liq texnologik ishlab chiqarish sikliga ega bo‘lgan zamonaviy korxonadir. Bo‘linmaning yillik ishlab chiqarish quvvati 3200 tonnani tashkil etadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 70 foizdan ortig‘i xorijga eksport qilinmoqda. Bu esa mahsulot sifati va raqobatbardoshligining yuqoriligidan dalolat beradi.
Bo‘linmada asosan yosh, kuch-g‘ayratli va malakali 137 nafar mutaxassis mehnat qiladi. Jamoaning jipsligi, professionalligi va mehnatsevarligi ishlab chiqarish vazifalarini barqaror va o‘z vaqtida bajarishga imkon bermoqda.
Jumladan o‘tgan aprel oyida reja bo‘yicha 180 tonna mahsulot ishlab chiqarilishi kerak bo‘lgan bo‘lsa, jamoa bu ko‘rsatkichni oshirib, 183 tonna mis va uning qotishmalaridan mahsulot ishlab chiqardi. Bu esa ishning yuqori darajada tashkil etilganini va xodimlarning ishga bo‘lgan mas’uliyatini ko‘rsatadi.