Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

KONCHILIK VA METALLURGIYA SANOATI XODIMLARI KUNI OLDIDAN

08.05.2025 08.05.2025 155

NOMDOR PO‘LAT ERITUVCHILAR

O‘tgan asrning 50-yillarida bekobodlik metallurglar pechlarda po‘lat eritish hajmini oshirish, sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha bir qator yutuqlarga erishdilar. Jumladan Marten sexi pechlardan birida katta quyish kovshi sinab ko‘rildi. Buning natijasida po‘lat quyishning o‘rtacha vazni 35 tonnadan 75 tonnagacha oshirildi. Shundan so‘ng bunday kovshlar hamma pechlarda qo‘llanilgach, zavodda po‘lat eritishi sezilarli darajada oshirildi.

Metallurgiya sanoatida ham o‘zlarining ilg‘or tajribalari, mardona mehnatlari bilan nom taratayotganlar ko‘zga ko‘rina boshladi. Chunonchi, Hofiz G‘aniev, Bannob Mirzamatov, Sherali Hamroqulov, Axtem Jelilov, Aleksey Shtirov, Denis Perelechev, Petr Jilyaev, Fayzullo Yarulinlar po‘latni tezkor eritish, quyish ustalari edilar. Elliginchi yillarning boshlarida shijoatli po‘lat erituvchilar nomlari “Za metall” hamda viloyat, respublika gazetalari sahifalaridan tushmadi. Metallurglarning hayotini, ularning qahramonona ishlarini aks ettiruvchi ocherk, lavha, suratlar respublika matbuotida tez-tez ko‘zga tashlanar edi.

Po‘lat erituvchi A. Shtirov boshchiligidagi metallurglar tez eritish bo‘yicha rekord natijaga erishdilar. Ular 5 soatu 40 daqiqada po‘lat eritmasi olishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu tajriba boshqa brigadalarda ham keng ommalashtirila boshlandi. Bu esa o‘z samarasini bera boshladi. Ishlab chiqarishda yangi mehnat muvaffaqiyatlari qo‘lga kiritila boshlandi. Axtem Jelilov 5 soatu 10 daqiqada po‘lat eritmasi olib A. Shtirovdan o‘zib ketdi va rekordni yangilashga erishdi. Shuningdek, po‘lat erituvchilar Anvar Toshpo‘latov, Saydulla Badalov, Abduazim Doshaev, Ali Aliev, Ergash Azimov, Amet Mumedlaevlar ham tezkor po‘lat eritishda alohida namuna ko‘rsatdilar.

 

0

(0 ovoz)