"KORPORATIV XAVFLARNI BAHOLASH TIZIMIDA UCH BOSQICHLI HIMOYA" MAVZUSIDA SEMINAR BO‘LIB O‘TDI
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kombinat xodimlarining malakasini oshirish Komplaens xizmati faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu faoliyat doirasida Malakani baholash, o‘qitish va kadrlar rivojlanishini boshqarish boshqarmasida "Korporativ xavflarni baholash tizimida uch bosqichli himoya" mavzusida seminar o‘tkazildi.
Seminarni Xodimlar malakasini baholash, o‘qitish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Kim o‘tkazdi. Tadbir davomida ishtirokchilar korporativ xavflar darajasini
baholash bo‘yicha ilg‘or usullar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi. Bu usullarning muhim jihati – ularning yuqori darajada universal bo‘lib, standartlashtirilgan instrumentlardan foydalangan holda xavf tahlilidagi asosiy muammolarni (xavfning integral bahosini olish va xavfni boshqarish) iqtisodiy jarayonlarning barcha sohalarida bir xil yechish imkoniyatini berishi hamda nomaqbul xavflarni bartaraf etish bo‘yicha harakatlarni ishlab chiqishdan iboratdir.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.