+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

ASOSIY E’TIBOR KATTA O‘LCHAMDAGI KONSTRUKSIYALAR TAYYORLASHGA QARATILGAN

ASOSIY E’TIBOR KATTA O‘LCHAMDAGI KONSTRUKSIYALAR TAYYORLASHGA QARATILGAN
1 / 3

Metall konstruksiyalar bo‘linmasi tomonidan tayyorlanadigan mahsulotlarga kombinatda talab katta.   
Bo‘linma oyiga 180 tonnadan oshiq tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Iqtisodchilarning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning dastlabki to‘rt oyida jamoa 755 tonna metall konstruksiyalar ishlab chiqargan. 
Bo‘linmaning asosiy vazifasi uskunalarni ta’mirlash va modernizatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan turli qismlar, detallar va konstruksiyalar ishlab chiqarishdir. Bundan tashqari, bo‘linma kombinatning yangi ob’ektlarini qurish, turli xil murakkablikdagi metall konstruksiyalarni ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda. 
Bugungi kunda jamoa mamlakatdagi eng yirik investitsion loyihalardan biri bo‘lgan Quyuv-prokatlash majmuasi uchun yirik konstruksiyalarni ishlab chiqarishga e’tibor qaratmoqda. Xususan, 2, 3 va 11-sonli binolarni qurish uchun ustunlar, to‘sinlar, zinapoyalar, to‘siqlar kabilar yasaldi. 
Bo‘linma rahbariyati hamkasblarini namunali mehnatlari bilan ilhomlantiradigan malakali mutaxassislarning nomini minnatdorchilik bilan ta’kidlaydilar. Bular ustalar Davron Tursunov va Muhammadali Zairqulov, shuningdek, payvandchilar Ziyod Rasulov, Sarvar Jamoldinov va Yo‘ldosh Uralovlar kabilardir. Ularning tashabbuskorligi, mas’uliyatni chuqur his etishlari va kasbiy mahoratlari tufayli bo‘linmada ishlar namunali olib borilmoqda. 
 

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş