YOSHLARNING FIDOYI USTOZI
Ra’no Soliyeva 35 yildan ortiq elektr uskunalarini ta’mirlash bo‘linmasida elektromontyor bo‘lib ishlaydi. U bu joyga kelgan birinchi kundan boshlab, o‘z ishini sidqidildan va vijdonan bajarib, jamoaning ajralmas qismiga aylandi.
Ra’no opa hozir 80 yoshdan oshgan ustozi Tamara Rahmonovadan juda minnatdor. Aynan uning yordami bilan kasbining sir-asrorlarini mukammal egallab, bugungi kunda malakali va tajribali mutaxassisga aylandi.
Endilikda Ra’no Soliyevaning o‘zi yoshlarning ustozi. U elektr ta’mirlash sohasida to‘plagan boy tajribalarini shogirdlariga sabr-toqat bilan o‘rgatib kelmoqda.
Bu malakali mutaxassisning yoshlarga murabbiylik qilishi uning uchun nafaqat burch, balki qalb da’vati hamdir.