BAYRAM DASTURXONI YOZILDI
O‘zbekiston Respublikasi Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan bugun kombinat boshqaruvi tashabbusi bilan kombinatning barcha tarkibiy bo‘linmalari oshxonalarida bayram dasturxoni yozildi. Bayram dasturxonidan Ovqatlanish kombinatining jonkuyar oshpazlari tomonidan tayyorlangan 1200 kilogramm guruch ishlatilgan xushbo‘y va mazali palov ham joy oldi.