Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

BIRINCHI O‘ZBEK PROKAT MAHSULOTI OLINGAN KUN

17.05.2025 17.05.2025 94

   

O‘zbekiston metallurgiya zavodida 1944-yil 5-mart kuni po‘lat eritish boshlangan bo‘lsada asosiy tayyor mahsulot – prokat ishlab chiqarish ikki yarim yildan so‘ng yo‘lga qo‘yildi. Prokat sexi qurilishi ikkinchi jahon urushi yillarida boshlangan edi.  

Sexda asbob-uskunalarni o‘rnatish, ayniqsa, 1945-yilning ikkinchi yarmida va 1946-yilda tez sur’atlarda bordi. Qurilishda qatnashayotganlar ba’zan bir necha kunlab sexdan chiqmay ishlar edi. Shu vaqtga kelib sexdagi asbob-uskunalarni yig‘ish va sozlashga Ural, Sibir metallurgiya zavodlarida kasb o‘rganib qaytgan yosh ishchilar ham jalb qilindi. 
1946-yil 26-oktabr kuni sexning “300” prokatlovchi stani tantanali ravishda, zavodning ishchi-xodimlari, shahar mehmonlari ishtirokida ishga tushirildi.
“Yaxshilab qizdirilgan birinchi quymani rolgang pechdan qisgich qurilmaga uzatadi. So‘ng ko‘tarma stolda tepaga chiqariladi, rolgangda esa yuqorigi kalibrga o‘tkaziladi. Shundan keyin oldingi tomondagi rolgang hozirlanayotgan mahsulotni quyi kalibrga yo‘naltiradi. Tayyorlanayotgan prokat mahsuloti issiq po‘latni qirqadigan qaychiga yetib keladi. U qirqilgandan so‘ng puxtalik bilan rolgangda 400-liniyaga suriladi va qisqich qurilma kalibriga uzatiladi. 300-liniyaning birinchi kalibridan o‘tgandan so‘ng yo‘naltiruvchi tayyorlanayotgan mahsulotni ikkinchi qisqich qurilmaga yo‘llaydi. Oldinda turgan yo‘naltiruvchi esa uni silliqlash qurilmasiga o‘tkazadi. Prokat mahsuloti undan chiqib, sovutkichga o‘tadi. So‘ng bir xil uzunlikda kesiladi. 
Mana shunday qilib dastlabki o‘zbek prokat mahsuloti tayyorlanadi.
 

 

0

(0 ovoz)