+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

MEHNATLARI UCHUN MINNATDORCHILIK BILDIRILDI

MEHNATLARI UCHUN MINNATDORCHILIK BILDIRILDI
1 / 3

Metallurglar Madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda kombinat rivojiga munosib hissa qo‘shgan ishlab chiqarish ilg‘orlari taqdirlandi. 
Tantanali tadbirni kombinat kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Elzara Veliullayeva ochib berdi. U barcha yig‘ilganlarni kasb bayramlari bilan samimiy tabrikladi. Hamkasblariga o‘rnak ko‘rsatib, ko‘p yillardan buyon sidqidildan ishlayotganlarga erishgan yutuqlari va fidokorona mehnatlari uchun samimiy minnatdorchiligini bildirdi. 
Tadbirda barcha ishlab chiqarish ilg‘orlariga “Tashakkurnoma” va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi. 

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş