SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
“O‘zmetkombinat” AJning Toshkent “Ikkilamchiqorametallar” filialida fuqarolarning sayyor qabul o‘tkazildi. Uni filial boshlig‘i H. Rahimov Bosh muhandis F. O‘ktamov, xavfsizlik hamda Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘limlari mutaxassislari ishtirokida olib bordi.
Qabul davomida Toshkent “Ikkilamchiqorametallar” filiali xodimlari va tuman aholisining ishga joylashish, boshqa lavozimlarga o‘tish, shuningdek, sog‘lomlashtirish uchun yo‘llanmalar olish bilan bog‘liq savollari ko‘rib chiqildi. Murojaat qiluvchilarning aksariyati haydovchi, qo‘riqchi, chilangar, tokar va boshqa lavozimlar bo‘yicha bo‘sh joylarga ishga kirish imkoniyatlari bilan qiziqdilar.
Barchaga bo‘sh ish o‘rinlari haqida dolzarb ma’lumotlar joylashtirilgan resume.uzbeksteel.uz. veb-sayt orqali “O‘zmetkombinat” AJga tanlov asosida ishga qabul qilinishi tushuntirildi. Shuningdek, ularga +99871-514-21-55 telefon raqamlari orqali murojaat qilish mumkin bo‘lgan Call-markazi haqida ham ma’lumot berildi.
Qabul natijalari bo‘yicha mas’ul xizmatlarga murojaatlarni ko‘rib chiqish va ularning har biri bo‘yicha takliflar kiritish topshirildi.
Sayyor qabulxona tashkilotchilarining so‘zlariga ko‘ra, bunday uchrashuvlar odamlarni tashvishga solayotgan muammolarni tezda hal qilishga, kombinatning xodimlar va jamoatchilik uchun ochiq va shaffofligini oshirishga xizmat qiladi.