Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

JORIY TA’MIRLANDI

21.05.2025 27.05.2025 82

   

“O‘zmetkombinat” AJning Elektrda po‘lat eritish bo‘linmasida asosiy va yordamchi qurilmalar rejada belgilanganidek muvaffaqiyatli ravishda joriy ta’mirlandi.

Barcha ishlar tasdiqlangan buyruq va  jadvalga qat’iy muvofiq amalga oshirildi.  Mexanik, elektr va energetika uskunalarini tekshirish, tiklash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.  

Ta’mirlash jarayonida DSP-100 UMK po‘lat eritish pechi va gaz chiqarish tizimiga alohida e’tibor qaratildi. Agregatlar to‘liq nazoratdan o‘tkazildi, eskirgan mexanik uskunalarni ta’mirlash va almashtirish ishlari amalga oshirildi. Bu uning ishonchli va samarali ishlashini ta’minlaydi. 

Ta’mirlash doirasida pechning o‘tga chidamli g‘ishtli qoplamasi to‘liq almashtirildi, pechosti va yon devorlari uchun qorishmalar yangilandi va chang yig‘ish kamerasi tozalandi. Shlakli koridorda shlak tashuvchi va po‘lat tashuvchi aravalar uchun temir yo‘lning beton qismini tiklash ishlari olib borildi. 

Ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda kombinatning turli tarkibiy bo‘linmalari mutaxassislari faol ishtirok etishdi. Unda qatnashgan jamoalarning yakdillikda, samarali ishlaganliklari tufayli ta’mirlash ishlari jadval bo‘yicha belgilanganidek ikki kunda muvaffaqiyatli yakunlandi.

 

 

0

(0 ovoz)