Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

FAOL ISHTIROK ETAYLIK!

22.05.2025 27.05.2025 82

Butun mamlakatimizda bo‘lganidek 20-maydan 20-iyun kuniga qadar “O‘zmetkombinat” AJda ham "Dolzarb 30 kun" deb nomlangan maxsus yong‘in xavfsizligi oyligi o‘tkazilmoqda.

"Dolzarb 30 kun"da kombinat tamonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga asosan ishlar tashkil etiladi. Tarkibiy  bo‘linmalarda yong‘in xavfsizligi choralari yanada kuchaytirildi. 
Jumladan kombinat tarkibiy bo‘linmalari va “Ikkilamchiqorametallar” filiallari rahbarlari ishchi-xodimlar  va mutaxassislar bilan yong‘in xavfsizligi talablari to‘g‘risida navbatdan tashqari yo‘l-yo‘riqlar o‘tkazadilar. Kombinat bo‘linma va uchastkalarida gaz, elektr va isitish asboblarining yong‘inga qarshi holatlari tekshiriladi.
Shuningdek, yong‘inga qarshi suv ta’minoti (gidrant, sig‘im, 
suv havzalari, ichki yong‘in kranlari) soz holatga keltirish choralari ko‘riladi. Kombinat bo‘linma va uchastkalarida o‘rnatilgan yong‘in-himoya xabarlovchilari tizimi va yong‘inni avtomatik o‘chirish  tizimlarining ishchi holati tekshiriladi. 
Hurmatli metallurglar! 
Sizlardan ushbu tadbirda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.

"O‘zmetkombinat" AJning Favqulodda vaziyat va radiatsiya xavfsizligi bo‘limi.

 

0

(0 ovoz)