ILM-FAN VA ISHLAB CHIQARISH
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini 2024-2025-yillarda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2024-yil 13-martdagi 128-son qaroriga muvofiq sanoat muammolarini hal etishga respublika ilmiy salohiyatini keng jalb qilish belgilangan.
Tasdiqlangan jadval doirasida bugun “O‘zmetkombinat” AJga oliy ta’lim va ilmiy muassasalar olimlaridan iborat delegatsiya kombinat bosh mutaxassislari bilan uchrashish uchun tashrif buyurdi.
Tashrifdan maqsad sohadagi ishlab chiqarish muammolarini o‘rganish va kombinat ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish imkoniyatlarini muhokama qilishdir.