Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

KASABA KUBOGI — FINALCHILAR ANIQLANDI! 

26.05.2025 27.05.2025 123

 

Mini-futbol bo‘yicha Kasaba kubogining yarim final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Maydondagi har bir daqiqa shiddatli kurashlar va keskin lahzalar bilan to‘ldi. Final yo‘llanmasi uchun jamoalar bor kuchlarini, mahoratlarini namoyish etishdi. 

XIMICH – IHQ – 1:1 (Penaltilar seriyasida 1:2) 
 "Penaltilar sinovi!" 
Asosiy vaqtda tengma-teng kurashdan so‘ng, o‘yin taqdiri penaltilar seriyasida hal bo‘ldi. Omad lotereyasida IHQ jamoasi g‘alaba qozondi va finalga yo‘llanma oldi. XIMICH jamoasiga ham ajoyib va munosib o‘yin uchun katta rahmat! 

NPB – ZoldirPB 2:4 
"Derbidagi ishonchli g‘alaba!" 
Ikkinchi yarim final bahsida ZoldirPB jamoasi o‘z ustunligini namoyon etdi. Ular raqib darvozasiga 4 ta gol kiritib, ishonchli g‘alaba bilan finalga chiqishdi. ZoldirPBning hujumkor o‘yini bugungi kuchli natijani ta’minladi. Shunday qilib, musobaqaning bosh sovrini uchun finalda IHQ va ZoldirPB jamoalari o‘zaro kurash olib boradilar. Oldinda bizni  haqiqiy "oltin" bahs kutib turibdi.

 

0

(0 ovoz)