Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

Kasaba uyushmasi qo‘mitasi kombinat ishchi-xodimlari o‘rtasidagi qo‘shiq aytish bo‘yicha "ZavodStar – 2025" tanlovini e’lon qiladi! 

27.05.2025 27.05.2025 61

 

Tanlov maqsadi:
Ishchi-xodimlar orasidan san’atga qiziquvchi yorqin iste’dodlarni topish, har bir insonning ijodiy qobiliyatlarini namoyon etishga ko‘maklashish va ularni munosib rag‘batlantirish.

 Tanlov shartlari
 Ishtirokchi istalgan janrda 1 ta qo‘shiq ijro etishi lozim;
 Qo‘shiqni jonli ijroda yoki qo‘shiqning musiqiy fonogrammasida yoki sozandalar bilan ijro etish mumkin;

 Ishtirokchilarini baholash tartiblari
 Ijro mahorati;
 Professional tayyorgarligi;
 Yuksak badiiy did bilan yondashuvi;
 Sahna madaniyati va artistik mahorati;

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lganlar 2025 yil 30 mayga qadar o‘zlari xaqidagi ma’lumotlarni [Telegram orqali 90-908-18-80 raqamiga] yuborishlari lozim.

Tanlov 2025 yil iyun oyida Metallurglar madaniyat saroyida bo‘lib o‘tadi. G‘oliblar kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishadi.

 

0

(0 ovoz)