"DOLZARB 30 KUN"
20-maydan boshlanib 20-iyun kuniga qadar o‘tkaziladigan"Dolzarb 30 kun" maxsus yong‘in xavfsizligi oyligida “O‘zmetkombinat” AJ mehnat jamoalari ham faol ishtirok etmoqda.
Oylik doirasida tarkibiy bo‘linmalarda profilaktik reydlar, o‘quv tadbirlari, ob’ektlarning yong‘inga qarshi holatini tekshirish kabi tadbirlar tashkil etilmoqda.
Jumladan Elektrda po‘lat eritish, Temir parchalarini qayta ishlash bo‘linmalarida, kombinat markaziy laboratoriyasida “O‘zmetkombinat" AJning OYOXTTEB va Favqulodda vaziyatlar va radiatsiya xavfsizligi bo‘limlari bilan hamkorlikda ishchi-xodimlar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borildi.
.