Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

PO‘LAT ZOLDIRLAR – UNUMDORLIK OSHMOQDA

28.05.2025 28.05.2025 30

  

Zoldir prokatlash bo‘linmasi nafaqat kombinatimiz balki, mamlakat iqtisodiy taraqqiyotida ham o‘z o‘rniga ega bo‘lgan ishlab chiqarish jamoasidir. Bu joyda tayyorlanayotgan mahsulotlar Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinatlarida rudani maydalashda ishlatiladi. Bu gigant korxonalarning bir maromda ishlashida Zoldir prokatlash bo‘linmasi tomonidan yetkazib berilayotgan mahsulotlarning ham munosib o‘rni bor. Shuningdek, sement sanoati korxonalarining ham po‘lat zoldirlarga ehtiyoji katta.  

Bu joyda ishlab chiqarilayotgan diametri 40, 50, 65, 70, 80, 100, 120 mm. bo‘lgan po‘lat zoldirlar peshma-pesh iste’molchilarga jo‘natilmoqda. Po‘lat zoldirlarga bo‘lgan ehtiyojning oshib borayotganliga tufayli bo‘linmada mahsulot ishlab chiqarish quvvati yanada oshirishga kirishildi. 
Bo‘linmada po‘lat zoldirlar ishlab chiqarish rejalari ham ziyodi bilan bajarib kelinmoqda. O‘tgan oyda jamoa 18941 tonna mahsulot ishlab chiqarib, rejani 106,7 foizga bajardi. Shu bilan birga joriy yilning to‘rt oyida ham belgilangan reja oshirib ado etildi. 76 200 tonna o‘rniga 80 865 tonna po‘lat zoldirlar tayyorlandi.

 

0

(0 ovoz)