TAJRIBALI MUTAXASSIS, HURMATLI MURABBIY
“O‘zmetkombinat” AJda yuksak kasbiy fazilatlarga, o‘z ishiga mas’uliyat va fidoyilik tuyg‘usiga ega minglab metallurglar mehnat qilmoqda. Ular o‘zaro yordamni qadrlashadi va eng yaxshi mehnat an’analarini saqlaydilar va avloddan-avlodga yetkazadilar. Mehnat jamoalarida tajribali va ishlab chiqarishda uzoq va sharafli yo‘lni bosib o‘tgan xodimlarga alohida hurmat bilan qarashadi.
Fizik-mexanik sinovlar bo‘yicha laborant Marina Aleksandrovna Zarazilova kombinatda 40 yildan beri ishlaydi. U mehnat faoliyatini 1985-yilda Marten sexida laborant sifatida boshlagan. Sex yopilganidan so‘ng, Rangli metallar ishlab chiqarish bo‘linmasiga o‘tib, endilikda shu jamoada ishlamoqda.
Tajribali va malakali mutaxassis Marina Aleksandrovna ishda qimmatli bilim va ko‘nikmalarni bergan, kasbiy o‘sishi uchun mustahkam poydevor qo‘ygan ustozi Tamara Mixaylovna Allayarovani minnatdorlik bilan eslaydi. Bugungi kunda Marina Aleksandrovnaning o‘zi tajribasini yosh mutaxassislarga o‘rgatib, ularga murabbiylik qilmoqda. Uning mehnat faoliyati o‘z kasbiga, ishiga sodiqlik va chinakam muhabbatning yorqin namunasidir.