AMALIY MASHG‘ULOTLAR O‘TKAZILDI
Mamlakatimizda 20-maydan boshlanib 20-iyun kunigacha o‘tkaziladigan "Dolzarb 30 kun" deb nomlangan maxsus yong‘in xavfsizligi oyligi doirasida kombinatimizda ham turli tadbirlar tashkil etilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri – Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish bo‘linmasi, Temir yo‘l xizmati va atrofdagi bo‘linmalar amaliy mashg‘ulotlar tarzida o‘tkazildi.
Bu amaliy mashg‘ulotlarda kombinatning OYOXTTEB hamda Favqulodda vaziyatlar va radiatsiya xavfsizligi bo‘limlari hamkorlikda ishchi-xodimlarga yong‘in hamda ularning oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, maxsus o‘t o‘chirish moslamalaridan foydalanish kabilar bo‘yicha yo‘riqnomalar berishdi.