KOMBINATDA AVTOBUS QATNOVI TIKLANDI
Bugun “O‘zmetkombinat” AJda muhim voqea yuz berdi — korxona hududida xodimlarni tashish uchun mo‘ljallangan avtobuslar qatnovi tantanali ravishda yo‘lga qo‘yildi.
“O‘zmatkombinat” AJ Boshqaruvi raisi – Bosh direktori Bahodir Abdullayev ushbu muhim voqea bilan jamoani tabrikladi. O‘z nutqida u avtobus qatnovining tiklanishi bu metallurglarga e’tibor, ularning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi va qulay mehnat sharoitlari yaratishga qaratilgan qadam ekanini ta’kidladi.
Qisqa murojaatidan so‘ng rahbar shaxsan avtobusga chiqib, ishchilar bilan birga yo‘nalish bo‘ylab yo‘lga chiqdi va shu bilan kombinat ichidagi transport aloqasida yangi bosqichni ochdi.
Endilikda xodimlar avtobusni 15 daqiqadan ortiq kutmaydilar. Avtobuslar Avtotransport xizmati (Yo‘qilg‘i quyish shahobchasi)dan Rangli metallar ishlab chiqarish korxonasigacha va orqaga tasdiqlangan jadval asosida qatnaydi.
Mazkur tashabbus quyidagilarga imkon yaratadi:
metallurglarning ish joylarigacha bo‘lgan yo‘lni yaqinlashtiradi;
hududi 330 gektar bo‘lgan korxonada harakatlanish vaqtini qisqartiradi;
intizom va ishlab chiqarish jarayonining samaradorligini oshiradi.
Birinchi bo‘lib avtobus xizmatidan foydalangan xodimlarning quvonchi bu qadamning naqadar dolzarb va muhimligini yaqqol tasdiqladi.