+998 71 514-14-62
Sahifa bo‘limlari

KOMBINATDA YILIGA 28,6 MLN KVT SOAT ENERGIYA TEJALMOQDA

KOMBINATDA YILIGA 28,6 MLN KVT SOAT ENERGIYA TEJALMOQDA
1 / 5

Kombinatning elektr tarmoqlari va podstantsiyalarida energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha yirik loyihalar amalga oshirildi.

CHQB hamda “Pechnaya” 220/35 kV podstantsiyalarida elektr energiyasi sifatini yaxshilash, reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish va energiya tejamkorligini ta’minlash maqsadida umumiy quvvati 142 150 kVAr bo‘lgan kompensatsiya qurilmalari o‘rnatildi.

Mazkur yangiliklar natijasida yiliga 28,6 mln kVt·soat elektr energiyasi tejash imkoniyati yaratildi. Bu esa nafaqat ishlab chiqarish jarayonlarining barqarorligini ta’minlaydi, balki korxonaning iqtisodiy samaradorligini ham sezilarli darajada oshiradi.

Kombinat bugun barqaror rivojlanish, energiya tejamkorligi va zamonaviy ishlab chiqarish madaniyatini shakllantirish yo‘lida izchil qadam tashlamoqda.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytish