Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“O‘zmetkombinat” xalqaro reyting tizimiga qadam qo‘ymoqda

07.10.2025 07.10.2025 142

Londonda xizmat safari doirasida “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati  Boshqaruvi raisi -  Bosh direktor Bahodir Abdullayev xalqaro reyting agentligi Moody’s Investors Service vakillari bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida kompaniyaning moliyaviy ko‘rsatkichlari, investitsiyaviy jozibadorlik va strategik rivojlanish yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashildi. Moody’s bilan hamkorlik kompaniyaning xalqaro bozor¬lardagi shaffofligi va ishonchini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Bahodir Abdullayev o‘z so‘zida “O‘zmetkombinat”ning ochiq moliyaviy siyosat va uzoq muddatli barqaror o‘sish tamoyillariga sodiq ekanini qayd etdi. Ushbu hamkorlik kompaniya uchun xalqaro investitsiya maydoniga kengroq chiqish imkoniyatini yaratadi.

Moody’s Investors Service 1909-yilda Nyu-York shahrida tashkil etilgan xalqaro reyting agentligi bo‘lib, 40 dan ziyod davlatda faoliyat yuritadi. Kompaniya dunyodagi eng yirik korporativ va davlat tuzilmalarining kredit tarixini baholaydi va moliya bozor¬lari uchun muhim tavsiyalar beradi.

  

 
 

0

(0 ovoz)