Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

Ehtiyoj ham, natija ham yuqori

10.10.2025 10.10.2025 55

Zoldir prokatlash bo‘linmasi yurtimiz sanoati uchun muhim mahsulotlar ishlab chiqarayotgan kombinatning yetakchi tarmoqlaridan biridir.

Bugungi kunda po‘lat zoldirlarga kon-metallurgiya kombinatlari va sement sanoati korxonalari tomonidan katta ehtiyoj mavjud. Bu holatni yaxshi anglagan prokatchilar o‘z vazifalariga mas’uliyat bilan yondoshib, yuqori sifatli hamda hajman ko‘p po‘lat zoldirlar ishlab chiqarishga erishmoqda.

Bo‘linma jamoasi o‘tgan oyda rejada belgilangan 20 600 tonna o‘rniga 24 160 tonna mahsulot ishlab chiqarib, rejani 117,3 foizga bajardi. Ishlab chiqarilgan mahsulotning 23 953 tonnasi po‘lat zoldirlardan iborat bo‘ldi.

Joriy yilning 9 oyi davomida esa 191 134 tonna mahsulot tayyorlanib, reja 103,5 foizga bajarildi. Shuning 190 076 tonnasi po‘lat zoldirlarga to‘g‘ri keladi.

Zoldir prokatlash bo‘linmasi jamoasi zimmalariga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarib, yuqori mehnat unumdorligi va sifat ko‘rsatkichlari bilan kombinatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda.

 

0

(0 ovoz)