+998 71 514-14-62
Sahifa bölimlari

USTOZ-SHOGIRD AN’ANASI

USTOZ-SHOGIRD AN’ANASI

Kombinatda uzoq yillardan beri faoliyat yuritayotgan tajribali mutaxassislar o‘z bilim va ko‘nikmalarini yosh mutaxassislarga yetkazish, ularni ish jarayonlariga tez va samarali moslashtirish, shu bilan birga kasb sir-asrorlarini o‘rgatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, jamoada kasbiy madaniyatni shakllantirish va barqaror rivojlanishga zamin yaratmoqda.

"Metallurglar Servis Markazi" MCHJning Elektr uskunalarini ta’mirlash bo‘linmasida ham ustoz-shogird an’anasi samarali yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur bo‘linmada faoliyat yuritayotgan tajribali mutaxassis Nasiba Hamroqulova ko‘p yillik mehnat faoliyati davomida orttirgan bilim va ko‘nikmalarini yosh mutaxassislarga o‘rgatmoqda. Bu esa o‘z navbatida ish natijalarining yaxshilanishi, mutaxassislar o‘rtasida hamjihatlik, o‘zaro hurmat va ishga professional yondashuvning shakllanishiga olib kelmoqda.

0.000 ta baho
Maqolani baholang
← Yangiliklarga qaytiş