MASHAQQATLI MEHNATNING SALMOQLI MUKOFOTI
Ijroiya apparati majlislar zalida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda "O‘zmetkombinati" AJ Boshqaruv raisi – Bosh direktor Rashid Pirmatov va boshqa bir qator tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari Abdurahmon Turdimurotovning ushbu yuksak mukofotga sazovor bo‘lgani bilan samimiy tabriklab, o‘zlarining ezgu tilaklarini bildirishdi. Unga milliyligimiz ramzi bo‘lgan chopon kiydirilib, esdalik sovg‘asi taqdim etildi.