SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI
“O‘zmetkombinat” AJda korrupsiyaga qarshi siyosat bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi. Tadbirni Komplayens xizmati tashkil qilib, unda korxona bo‘linmalari va filiallari xodimlari ishtirok etishdi.
Ishtirokchilarga manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha qonunchilik talablariga, korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish choralariga, shuningdek, sovg‘alar qabul qilish, vakillik xarajatlari va ishbilarmon uchrashuvlarni tashkil etish qoidalariga oid eslatmalar berildi.
Bunday dasturlar jamoada oshkoralik va mas’uliyat madaniyatini shakllantirish, ishonchni mustahkamlash hamda huquqiy xavflarni kamaytirishga xizmat qiladi.